Erdo‘g‘an o‘rmon yong‘inlarini terrorizmga tenglashtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari koronavirus pandemiyasi va terrorizm bilan taqqoslanadigan xalqaro tahdidga aylandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an gapirgan.  

“O‘rmon yong‘inlari — bu COVID-19 pandemiyasi bilan taqqoslanadigan xalqaro tahdid, uni hatto terrorizm tahdidi bilan solishtirish mumkin”, degan Erdo‘g‘an “A Haber” telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo o‘rmon yong‘inlari xavfiga duch kelmoqda: AQSH, Kanada, Rossiya, Ispaniya, Italiya, Afrika mamlakatlarida o‘rmonlar yonmoqda, bunga esa iqlim sharoiti sabab bo‘lyapti. 

“Men Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim, u bizga uchta samolyot va to‘rtta vertolyot (o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun) yubordi. Bu birdamlik. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyaga yana bir samolyot-amfibiya yuborish niyati borligini ma’lum qildi”, degan Turkiya rahbari. 

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyada so‘nggi sakkiz kun ichida 187 o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan, ularning aksariyati to‘xtatilgan, 15 yong‘in esa davom etmoqda, ularni o‘chirishga 20 ta samolyot va 51 ta vertolyot jalb qilingan.

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing