Erdo‘g‘an Ukrainadagi urushni front chizig‘ida muzlatib qo‘yishni taklif qiladi – “Bloomberg”
Olam
−
18 noyabr
2390Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainadagi mojaroni muzlatish bo‘yicha o‘z taklifini G20 yetakchilari yig‘ilishida (19-20 noyabr kunlari Braziliyada bo‘lib o‘tadi) taqdim qilmoqchi. Bu haqda Turkiya rahbarining rejalaridan xabardor manbalarga tayanib, "Bloomberg" xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Erdo‘g‘on quyidagilarni taklif qiladi:
- Ukrainaning NATOga kirishi masalasini muhokama qilishni kamida 10 yilga kechiktirish;
- Donbassning sharqiy qismida qurolsizlantirilgan hudud yaratish va u yerda “qo‘shimcha kafolat sifatida” xalqaro qo‘shinlarni joylashtirish;
- NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortgani uchun tovon sifatida Kiyevni harbiy yuk bilan ta’minlash.
"Turkiya hukumati Ukraina uchun bu taklifni qabul qilish qiyin bo‘lishini tan olishsa-da, bu yondashuvni eng real deb hisoblaydi", deb ta’kidlaydi "Bloomberg".
Agentlikning yozishicha, turk rasmiylari hududlarning uzoq muddatli taqdirini muhokama qilishni keyinga qoldirib, barqaror o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlashga e’tibor qaratmoqchi. "Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Zelenskiyni Istanbuldagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga ko‘ndirishga umid qilmoqda, chunki u “janglar to‘xtamasa, Ukraina yaqin bir necha oy ichida ancha ko‘proq hududni yo‘qotishi mumkinligi haqidagi razvedka ma’lumotlarini o‘qigan”. Agentlikning qayd etishicha, Erdo‘g‘anning rejasini Ukrainaning NATOga a’zoligi ularni Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga olib kelishidan qo‘rqib, Kiyevning ayrim ittifoqchilari qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
LiveBarchasi