Erdo‘g‘an Turkiyaning kelajagini Yevropada ko‘rishini aytdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya rahbarining devoni xabar bermoqda.

“Muzokaralar chog‘ida Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama rivojlanish masalalari, shuningdek mintaqaviy voqealar muhokama qilindi. Prezident Erdo‘g‘an muzokaralar chog‘ida Yevropa Ittifoqi Turkiya kun tartibida ustuvor mavqega ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Turkiyaning kelajagini Yevropada ko‘rishini aytdi, deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, Erdo‘g‘an Bojxona ittifoqini yangilash, Turkiya fuqarolari uchun viza erkinligini ta’minlash va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralarda qadamlar qo‘yish zarurligiga ishora qilgan. 

“O‘zaro ishonchni tiklash, maslahat mexanizmlarini tiklash, istisno va kamsituvchi harakatlarga, shuningdek, muzokaralar jarayonida nomzod mamlakat bo‘lgan Turkiyaga qarshi ritorikaga chek qo‘yish kerak. Prezident Erdo‘g‘an muntazam ravishda Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitlari va yuqori darajadagi muloqotlarning tiklanishiga qiziqish bildirdi”, deyiladi xabarda.

1964 yildan beri Yevropa Ittifoqining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘lgan Turkiya, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun 1987 yil 14 aprelda murojaat qilgan. Uni Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni 2005 yil 3 oktyabrda boshlangan. Turkiya ittifoqqa qo‘shilish uchun Yevropa Komissiyasi bilan muzokaralarni 35 punktdan 33t asini muvaffaqiyatli yakunlashi kerak (ikkitasi kelishuv talab qilmaydi). Shundan so‘ng, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bir ovozdan Turkiyaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun ovoz berishi kerak.

2017 yil 6 iyulda Yevropa Parlamenti Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yevropa Komissiyasini Turkiyaning qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni uning rasmiylari konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritguncha to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. 2017 yil aprel oyida Turkiya konstitutsiyaviy islohoti bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi, natijada prezident vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi.

So‘nggi to‘rt yil ichida Bryussel va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar turli darajalarda Turkiyaning harakatlari Yevropa hamjamiyatidan uzoqlashishiga hissa qo‘shayotganini bir necha bor ta’kidladi va Anqarani o‘z pozitsiyasini aniqlashga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing