Erdo‘g‘an Turkiyada saylovlar qachon o‘tkazilishini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 23 yanvar kuni Turkiyada saylovlar 14 mayga belgilanganini e’lon qildi.

Erdo‘g‘an buni Bursada o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda aytib, “14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda birinchi marta ovoz berasiz” deya ta’kidlagan. 

"Hurriyet" gazetasi avvalroq manbalarga tayanib, Erdo‘g‘an saylov sanasini 14 mayga belgilash to‘g‘risidagi farmonni 10 mart kuni imzolashi mumkinligi, chunki koalitsiya parlamentida saylov sanasini ko‘chirishni ma’qullash uchun yetarli ovozlar bo‘lmasligi haqida xabar bergan edi. 

Erdo‘g‘anning vakolatlari farmondan 60 kun o‘tib parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun yetarli.

Aslida navbatdagi umumiy saylovlar – ham prezidentlik, ham parlament saylovlari Turkiyada 2023 yil 18 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Keyinroq yozda ko‘pchilik ta’til uchun mamlakatdan ketishini hisobga olib saylovlar bahorga ko‘chirilishi mumkinligi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing