Erdo‘g‘an Turkiyada koronavirusga qarshi choralar yumshatilishini aytdi

Olam

image

Turkiyada joriy yilning mart oyidan boshlab yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq cheklov choralarini bosqichma-bosqich yumshatish boshlanadi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan. 

"Bizda mart oyining boshidan bosqichma-bosqich normallashuv jarayoni boshlanadi. Restoran, kafe va shunga o‘xshash muassasalarimiz ishini yengillashtiradigan yo‘l xaritasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi", degan davlat rahbari. 

Erdo‘g‘an Hukumat epidemiologik vaziyatga qarab mamlakat hududlarini to‘rt toifaga ajratishini qo‘shimcha qilgan. 

Shuningdek, Turkiyada dam olish kunlaridagi komendantlik soati bekor qilinadi va har bir viloyat uchun alohida qarorlar qabul qilinadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada COVID-19 pandemiyasi fonida komendantlik soati va majburiy niqob taqish rejimi joriy qilingan. 14 yanvardan mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya karantin

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing