Erdo‘g‘an Turkiya janubi-g‘arbidagi o‘rmon yonayotgan hududga bordi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 23 iyun kuni mamlakatning janubi-g‘arbidagi bir necha kundan beri o‘rmon yong‘inlari tinmayotgan Mug‘la viloyatiga bordi.

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, “Dalaman” aeroportida Prezidentni Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu hamda Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Vaxit Kirishchi qarshilagan.

Vazir Prezidentga Marmaris viloyatida o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot bergan.

Ma’lumot uchun, Marmaris hududidagi yong‘in 21 iyun kuni kechqurun boshlandi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida kurort hududining 300-400 gektar maydondagi ignabargli o‘rmonlari zarar ko‘rgan. O‘rmon borish qiyin bo‘lgan joylarda yonmoqda, shuning uchun yong‘inni o‘chirishda asosiy e’tibor aviatsiyaga qaratilgan.

Yong‘inga yaqin hududda istiqomat qilgan 103 oila va shu atrofda ishlagan 274 kishi zarar ko‘rmasligi uchun evakuatsiya qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing