Erdo‘g‘an Turkiya Markaziy banki rahbarini iste’foga chiqardi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an milliy valyutaning rekord darajada pasayishi fonida mamlakat Markaziy banki rahbari Murat Uysalni iste’foga chiqardi. Tegishli farmon bugun, 7 noyabr kuni  “Resmi Gazete” rasmiy hukumat gazetasida e’lon qilindi.

"Respublika Markaziy banki rahbari Murat Uysal qonun hujjatlariga muvofiq <...> o‘z lavozimidan ozod etildi", deyiladi xabarda. 

Hujjatda ta’kidlanganishicha, Naji Agbal Markaziy bank rahbari lavozimiga tayinlangan. U ilgari Prezident ma’muriyati strategik va byudjet bo‘limi mudiri, shuningdek, 2015-2018 yillarda Turkiya moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, 7 noyabr kuni Turkiya valyuta kursi o‘zining rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichini yangilab, 1 dollar uchun 8,49 liraga tushib, 30 oktyabrda qayd etilgan avvalgi minimaldan (1 dollar uchun 8,34 lira) o‘tgan edi.

Avvalroq Bloomberg agentligi Turkiya milliy valyutasining qadrsizlanishini Anqara Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojarosi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xavotir bildirgan edi. Turkiya tomoni Ozarbayjon bilan yaqin munosabatlarga ega, Erdo‘g‘an Bokuni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Markaziy bank Erdo'g'an lira

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing