Erdo‘g‘an Turkiya konstitutsiyasiga LGBTga qarshi moddalarni kiritishning imkoni bo‘lmayotganini aytdi
Olam
−
13 may 2023
14183Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 11 may kuni bir guruh tanlangan yoshlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning savollariga javob berdi. Unda davlat rahbaridan tez-tez o‘zining LGBTga qarshi ekanini aytishi, Xalq demokratik partiyasini esa uni qo‘llab-quvvatlashda ayblashi haqida so‘raldi.
Bunga javoban, Erdo‘g‘an Turkiya xalqi oila institutini muqaddas deb bilishi, kuchli xalqlar esa mustahkam oilalardan iborat ekanini ta’kidladi.
“LGBT deb nomlangan narsa oila institutiga qarshi qaratilgan harakatdir. Bu zahar aholisining 99 foizini musulmonlar tashkil etuvchi davlatda qabul qilinishi mumkin emas. Bu bizning zararimizga ishlaydi. Saylovdan oldin bu masala bo‘yicha o‘z qadr-qimmatimiz doirasida LGBTga ijobiy qaray olmaymiz. Chunki oilamizning muqaddasligi baribir bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bu dinimizning talabi ekan, biz ham unga shu yo‘sindan qaraymiz. Biz konstitutsiyaga ham muqaddas oila tushunchalarini kiritmoqchimiz. Ammo, bunga imkon bo‘lmayapti. Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘laroq biz bunga oxiriga qadar qarshimiz. Oilani muqaddas ko‘ramiz va musulmon sifatida buni diniy nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlolmaymiz.”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Turkiyada matbuot erkinligi yo‘qligi va jurnalistlarning qamalayotgani haqidagi iddaolarga munosabat bildirgandi.