Erdo‘g‘an turk vaksinasining 3-bosqich sinovi boshlanganini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an koronavirusga qarshi milliy vaksinaning uchinchi bosqich sinflari boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar qildi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi turk vaksinasi TURKOVAC nomini olgan.

“Koronavirusga qarshi milliy vaksinaning uchinchi bosqich sinovi bilan Turkiya bu sohada yangi sahifa ochmoqda”, degan Prezident Erdo‘g‘an.

Davlat rahbari shuningdek, Turkiyada bir necha hafta ichida COVID-19 ga qarshi vaksinalash jarayoni 18 yoshdan katta barcha aholini qamrab olishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an vaktsina

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing