Erdo‘g‘an to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi
Olam
−
13 yanvar
8476Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qizi Sumaya Bayroqdor ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Shu tariqa Erdo‘g‘an to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi. Bu haqda “CNN Turk” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sumaya va Selchuk Bayroqdorning farzandlariga Asim O‘zdemir deb ism berilgan.
Prezident Erdo‘g‘an turmush o‘rtog‘i Emina Erdo‘g‘an bilan qizini shifoxonaga ko‘rishga borgan.
Baykar boshqaruv kengashi raisi Selchuk Bayroqdor ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ikkinchi marta ota bo‘lganini ma’lum qilgan.
"Yaratuvchimiz va rahmli Robbimizga hamdlar bo‘lsin. Farzandimiz Asim O‘zdemir Bayroqdor dunyoga keldi. Xudoga shukur, farzandimiz va onamiz sog‘lom. Alloh barchamizga yaxshi avlodlar nasib etsin”, deydi u.
Prezident Erdo‘g‘anning Esra va Berat Albayrakdan 4 nabirasi, Bilol va Reyyan Erdo‘g‘andan 3 nabirasi bor.
LiveBarchasi