Erdo‘g‘an Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina inqirozini hal qilishdagi sa’y-harakatlari sabab Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rildi. Bu haqda kecha, 28 dekabr kuni jurnalistlarga Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop ma’lum qildi. 

“Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Erdo‘g‘anni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdim. Mening murojaatim bor. Boshqa davlatlardan ham murojaatlar bo‘ladi", deydi u.

Shentop Turkiyaning inqirozli masalalarda vositachilik harakatlari butun dunyoda mamnuniyat bilan qabul qilinishini qayd etdi. 

“Biz muzokaralar o‘tkazgan ko‘plab mamlakatlarda Turkiya Prezidentini Tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatish tashabbusi bildirildi. Shaxsan men Turkiya parlamenti deputati sifatida tegishli tashabbus bilan chiqdim. Shunga o‘xshash bayonotlar Sharqda ham, G‘arbda ham aytiladi”, deydi turkiyalik spiker. 

Turkiya parlamenti raisi yana Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelga YUNESKOning tinchlikka qo‘shgan hissasi uchun mukofotini esladi. 

“Aslida Turkiyada munitsipalitet rahbari [Merkeldan] ko‘proq ish qilgan. Shu bilan birga,2022 yilning eng muhim mavzusi Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush va uning oqibatlarini yumshatish choralari bo‘ldi. Bu yo‘nalishda qadam tashlagan yagona davlat Turkiya va uning prezidentidir. O‘ylaymanki, xolis baho berish kerak”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing