Erdo‘g‘an terrorchilarning “yaxshi” va “yomon”ga ajratilayotganiga afsus bildirdi

Olam

image

Global xavfsizlik muammolari fonida NATOning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 14 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda NATO bloki xalqaro darajadagi barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavfsizlikni belgilovchi omil sifatida Ittifoqning mas’uliyati tobora ortib bormoqda. Bugun javobgarlikdan qochmaslik, balki umumiy maqsadlarga erishishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur, deydi Erdo‘g‘an.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq Shimoliy Atlantika alyansiga “xavfsizlik soyaboni” zarur bo‘lgan barcha mintaqalarda rol o‘ynashi kerak: O‘rta dengizdan Qora dengizgacha, Yevropadan Osiyogacha.

Turkiya yetakchisi terrorizmga qarshi kurashga nisbatan tarafkashlik muammosi saqlanib qolayotganidan afsus bildirdi.

“Terroristlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratish tubdan qabul qilinishi kerak emas. Afsuski, bu buzuq tasavvur bugungi kungacha saqlanib kelmoqda”, deydi Prezident.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya qo‘lga olingan terrorchilarni topshirayotgan bir qator davlatlar, keyinchalik ularni hattoki tergov o‘tkazmasdan ozod qilib yuboradi. Shu bilan birga, ozod etilganlar ko‘pincha yangi jinoyatlarni sodir etadi, bu esa jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatmoqda.

Erdo‘g‘an Turkiya armiyasining antiterror operatsiyalari tufayli Turkiyadan tashqarida 8200 kilometr kvadrat hudud terrorchilardan tozalanganiga e’tibor qaratdi.

“Ham NATO sammitida, ham ikki tomonlama uchrashuvlar paytida biz PKK – PYD terror tashkilotini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish zarurligini ochiq e’lon qildik”, deydi u.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiyaning ittifoqchilari siyosiy hisob-kitoblarni chetga surib, Anqara bilan ochiq birdamlik ko‘rsatishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing