Erdo‘g‘an suriyalik qochqinlar qachongacha Turkiyada qolishi mumkinligini aytdi
Olam
−
09 may 2022
5792Turkiya urushdan qochgan va qon to‘kilgan suriyaliklarni oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 9 may kuni Istanbulda Mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MÜSİAD) tomonidan tashkil etilgan “Turkiyaning kuchi” taqdirlash marosimida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Hech qanday holatda biz ularni [suriyalik qochqinlarni] bu yerlardan haydab chiqarmaymiz. Biz bu odamlarni qotillar bilan yolg‘iz qoldirmaymiz. Ular o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytishlari mumkin bo‘ladi”, degan Turkiya rahbari.
Shu bilan birga, u Anqara Suriya shimolidagi ichki ko‘chirilganlar uchun kamida 100 ming briket uyi qurish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an MÜSİAD’ning Suriya shimolida 600-650 briket uyi qurilishini moliyalash qarorini Uyushmaning “buyuk qadamlaridan biri” deb atadi.
Ma’lumot uchun, rasmiy hisoblarga ko‘ra 5 623 179 nafar suriyalik qochqin bor. Ularning asosiy qismi – 3 754 591 nafari Turkiyadan boshpana topgan.
LiveBarchasi