Erdo‘g‘an sog‘ayib, ishga qaytdi. Ammo rafiqasi...

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an koronavirusga chalinganidan besh kun o‘tib topshirgan PZR testi salbiy natijani qayd etdi. Shunga ko‘ra Prezident odatiy ish rejimiga qaytdi.

“4-5 kunlik kasallikdan so‘ng PZR testlarim salbiy chiqdi. Bunga ko‘p jihatdan vaksina sabab bo‘ldi”, deydi Turkiya rahbari jurnalistlar bilan muloqotda. 

Erdo‘g‘an koronavirusga qarshi dastlabki ikki emlashni Sinovac bilan amalga oshirganini va kuchaytiruvchi doza sifatida Amerika-Germaniya Pfizer - BioNTech preparatini tanlaganini ta’kidladi. 

“Ushbu vaksinalar samarasi tufayli men koronavirusdan bemalol va qisqa vaqt ichida omon qoldim”, deya qo‘shimcha qilgan u.  

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an o‘zi bilan kasallangan rafiqasi Emina Erdo‘g‘an hali tuzalmaganini aytdi.

“O‘ylaymanki, u dushanba (14 fevral) kunigacha tuzalib ketadi, chunki biz BAAga tashrif bilan borishimiz kerak, u meni yolg‘iz qoldirmaydi”, deydi Turkiya rahbari.  

Эрдоган принял делегацию Совета аксакалов Организации тюркских госuдарств

Bugun, 11 fevral kuni Prezident Erdo‘g‘an Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolarini qabul etdi. Uchrashuv Istanbuldagi “Vahdettin” saroyida matbuotga yopiq tarzda bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan joriy yilning 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Prezident Turkiyaga qaytgach, unda koronavirusning "omicron" shtammi aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Emina Erdo'g'an

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing