Erdo‘g‘an sentyabr boshida Putinning qoshiga kelishi mumkin
Olam
−
28 avgust 2023
5132Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 8 sentyabr kuni Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Turkiya rasmiylariga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Nashrning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, don shartnomasini muhokama qilishni rejalashtirgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrifidan so‘ng Nyu-Dehlidagi katta yigirmatalik (G20) sammitiga boradi.
“Bloomberg”ga ko‘ra, Turkiya Prezidenti idorasi bu ma’lumotga izoh bermagan.
Avvalroq, Turkiyadagi diplomatik manba TASS agentligiga Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv Sochida rejalashtirilgani, ehtimoliy sana sifatida 4 sentyabr belgilangani haqida ma’lum qilgandi. Turkiya matbuoti Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi bilan muzokaralar chog‘ida don bitimini qayta tiklash masalasini ko‘tarish niyatida ekanligini yozmoqda. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yaqin orada bo‘lib o‘tishini aytgan, biroq aniq sanalarni ko‘rsatmagan.
LiveBarchasi