Erdo‘g‘an Ryutte bilan uchrashdi (video)
Olam
−
12:21 520 1 daqiqa
Kecha, 6 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Mark Ryutteni qabul qildi. Bu haqda Turkiya Prezidentining Kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv Turkiya mezbonligida Prezident saroyida o‘tkaziladigan NATOning 36-sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan. Unda Anqara sammiti kun tartibi, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilingan.
Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida Turkiyada o‘tadigan NATO liderlari sammiti muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirib, mamlakat sammitga tayyorgarlik ishlarini to‘liq yakunlaganini qayd etgan.
Uning ta’kidlashicha, Anqara sammitida jamoaviy mudofaadan tortib ittifoqchilar o‘rtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishgacha bo‘lgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqilishi ahamiyatlidir.
Shuningdek, Erdo‘g‘an sammit doirasida tashkil etiladigan Mudofaa sanoati forumi ham alohida e’tibor markazida bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7–8 iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqarada NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi