Erdo‘g‘an Rossiyaning Turkiya bilan parvozlarni tiklash haqidagi qarorini ma’qulladi 

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning Turkiya bilan parvozlarni tiklash haqidagi qarorini ijobiy deb atadi. Bu haqda davlat rahbari Antaliyadagi nutqi davomida aytib o‘tgan. Uning nutqi Twitter’dagi akkaunti orqali namoyish etilgan.  

“Mamlakatimizda emlash rivojlanishi bilan biz asta-sekin boshqa mamlakatlarning cheklovchi ro‘yxatlaridan chiqamiz”, degan Erdo‘g‘an. 

Siyosatchining ta’kidlashicha, Rossiya bilan aviaaloqani tiklash tomonlar o‘rtasidagi muvaffaqiyatli diplomatik aloqalar va bo‘limlarning tegishli ishlari evaziga amalga oshirilmoqda. 

Avvalroq, Rossiya joriy yilning 22 iyunidan boshlab Turkiya bilan aviaqatnovlarni tiklashi haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12 aprelida Rossiya shtab-kvartirasi Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashgani sababli 15 apreldan 1 iyungacha Turkiya bilan aviaqatnovni to‘xtatishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing