Erdo‘g‘an Rossiyaga yoqadigan uchta bayonot berdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni uzish niyatida emas. Bu haqda uning o‘zi bugun, 19 may kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan turk yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Biz Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham munosabatlarda muvozanatli siyosat olib boryapmiz. Mening janob Putin bilan ham, janob Zelenskiy bilan ham aloqalarni uzish niyatim yo‘q”, deydi Erdo‘g‘an 

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, Anqara Rossiya tabiiy gazidan voz kechishga qodir emas.

“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala. Biz ularni buza olmaymiz”, deya ta’kidlagan u.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlamaydi.

“Do‘stlarimizga Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga “yo‘q” deyishimizni aytdik. Va biz bunga amal qilishda davom etamiz. NATOda terrorchilik tashkilotlarining bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu davlatlar Kurdiston ishchilar partiyasi va “O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari”ning uyi. Turkiya “terrorizm o‘chog‘i” bo‘lgan Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilish vakolatiga ega”, deydi Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1837

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing