Erdo‘g‘an Rossiyaga ishonish mumkinligini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina inqirozi cho‘zilib ketishiga ishonadi. Shuningdek, u Rossiya bilan hamkorlik qilishini va unga G‘arbdan kam ishonmasligini bildirdi. Bu haqda u 18 sentyabr kuni Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Menda ularga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q. G‘arb qanchalik ishonchli bo‘lsa, Rossiya ham shunday. Oxirgi 50 yil davomida biz Yevropa Ittifoqi ostonasida turibmiz va hozirda men Rossiyaga G‘arbdan kam ishonmayman”, deydi Erdo‘g‘an. 

Uning qayd etishicha, Turkiya va Rossiya oldinga qo‘shma qadamlar tashlamoqda, mudofaa sanoati sohasida ham hamkorlik qilmoqda. 

“Bularning barchasini biz Rossiya bilan birga qila olamiz”, deydi Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya Federatsiyasiga nisbatan turli pozitsiyalarga ega. 

“Rossiya mening eng yaqin qo‘shnilarimdan biri. Va bizning umumiy tariximiz bor”, deydi Erdo‘g‘an. 

Uning fikricha, Ukrainadagi mojaro “uzoq davom etadi”. Shu bilan birga, Turkiya "imkon qadar tezroq tugashiga" umid qiladi, deydi Prezident.  Erdo‘g‘an Moskva bu mojaroni “ertaroq tugatish” pozitsiyasiga haqiqatan ham amal qilishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing