Erdo‘g‘an Putinning Turkiyada gaz xabi tashkil etish taklifini qabul qilmoqchi
Olam
−
29 may 2023
5417Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an respublikada avvalroq Rossiya rahbari Vladimir Putin tashabbusi bilan taklif etilgan gaz xabi loyihasini amalga oshirishda hali ham qat’iy ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Anqaradagi Beshtepa prezidentlik majmuasida vatandoshlar oldidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz Turkiyaning xalqaro markaz sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaymiz. Darhaqiqat, janob Putin o‘z tabriknomasida Turkiyada, Frakiyaning (Istanbul yaqinida gaz savdo markazi hududi shunday ataladi) mintaqasida markaz tashkil etilganini takrorladi. Biz buni ular bilan qilamiz. Frakiyada esa markaz bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.
2022 yil oktyabr oyida Putin Turkiya hududida “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan tranzit hajmi qayta yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan markaz yaratish g‘oyasini ilgari surgandi.
Turkiya tashabbusga ijobiy munosabatda bo‘lib, o‘z hududida xab va gaz savdo markazini yaratish uchun infratuzilmaning muhim qismi tayyor ekanini bildirgan.
LiveBarchasi