Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni “yarashtirish uchun” Turkiyaga chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyni ikki davlat o‘rtasidagi “ixtiloflarni bartaraf etish” uchun Turkiyaga taklif qildi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin bayonot berdi. 

“Turkiya Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni kamaytirish uchun har qanday rolni o‘ynashga tayyor. Prezident Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar olib bormoqda. Haqiqatan ham, u ikki davlat rahbarini agar xohlasalar, Turkiyaga kelishga taklif qilgan”, degan rasmiy vakil. 

Bundan tashqari, Kalin Erdo‘g‘an “yaqin bir necha hafta ichida Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Ukrainaga borishini” aytgan. 

Turkiya Prezidenti o‘tgan yili Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda ishtirok etish istagini bir necha bor ta’kidlagan. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bu kabi bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch ishlatish bilan hal qilishga urinish eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing