Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiy bilan bog‘liq eng katta maqsadini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 26 sentyabr kuni Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning uchrashuvini imkon qadar tezroq tashkil etishni o‘z maqsadi deb bilishini aytdi. 

"Biz don yo‘lagini tashkil etish va harbiy asirlarni almashish bilan boshlangan jarayon davom etayotganidan juda faxrlanamiz. Endi bizning maqsadimiz  – urushni to‘xtatish uchun Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvini imkon qadar tezroq tashkil etish”, deydi Turkiya Prezidenti Anqarada Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ham Rossiya, ham Ukraina bilan muloqotni davom ettirib, diplomatik sohada sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Turkiya Prezidenti Ukrainadan g‘alla yo‘lagi orqali allaqachon 5 million tonnadan ortiq oziq-ovqat eksport qilinganini aytdi. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Turkiyaning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligini kengaytirish tarafdori. 

Moskva har doim Kiyev bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan, biroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukraina bilan muzokaralar olib borish istiqbollari yo‘q. Erdo‘g‘anning Rossiya va Ukraina Prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etish taklifi dolzarbligi haqida gapirar ekan, Peskov hozir buning uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing