Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali don shartnomasini muhokama qildi

Olam

image

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘an bugun, 18 noyabr kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida u hamkasbiga don shartnomasini uzaytirish masalasidagi konstruktiv pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Turkiya rahbarining idorasi xabar berdi.

“Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy masalalar, xususan, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar va g‘alla yo‘lagi atrofidagi vaziyatning rivojlanishi muhokama qilindi. Erdo‘g‘an Putinga g‘alla eksporti bo‘yicha Istanbul kelishuvini 120 kunga uzaytirish masalasida konstruktiv pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi” – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 17 noyabr kuni Istanbulda iyul oyida tuzilgan don bitimi 120 kunga uzaytirilayotganini tasdiqlagan.

“BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina tomonidan qabul qilingan qaror asosida Qora dengiz yo‘lagi bo‘yicha kelishuv 2022 yil 19 noyabrdan boshlab 120 kunga uzaytirildi”, deb yozdi Turkiya rahbari Twitter’da. 

Erdo‘g‘an BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga don kelishuvini uzaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, g‘alla savdosi boshlanganidan buyon dengiz gumanitar koridor orqali 11 million tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.  

“Ushbu kelishuvning amalga oshirilishi uning global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qanchalik muhim va foydali ekanligini ko‘rsatdi”, deydi Turkiya Prezidenti.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Erdo'g'an don

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing