Erdo‘g‘an Putin bilan gaplashdi

Olam

image

Bugun, 2 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefonda suhbatlashdi. Bu haqda Turkiya rahbari idorasi xabar berdi.

Aytilishicha, suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq xabarda tashrif sanasiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Putinga Anqara g‘alla bitimini qayta boshlash uchun jadal harakatlarni davom ettirishini aytgan.

RIA Novosti nashrining yozishicha, Putin avvalroq Erdo‘g‘an bilan Rossiya yoki Turkiya hududida shaxsiy uchrashuv variantini muhokama qilgan. Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi prezidentlik saylovlari oldidan ham Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshini o‘z mamlakatiga taklif qilgan, ammo tashrif mavzusi bo‘yicha “hech kim taxmin qilmasligi” uchun buni qilmaslikka qaror qilingan. 

Aytish joizki, bunday safar saylov kampaniyasi arafasida “ichki siyosiy jarayonga qandaydir ta’sir ko‘rsatishga urinish” sifatida qabul qilinishi mumkin edi.

Rossiya yetakchisining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov bugun, 2 avgust kuni Moskva va Anqara Putinning Turkiyaga tashrifini rejalashtirayotganini aytgan, biroq tomonlar hozircha aniq sanani kelishib olmagan. Ushakovning qayd etishicha, Turkiyaga tashrif buyurish va’dasi Erdo‘g‘anning so‘nggi saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng darhol berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni bugun, 18 iyuldan boshlab don yo‘lagi kelishuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made