Erdo‘g‘an Putin bilan 1,5 soat gaplashib, Ukraina masalasida miq etmadi
Olam
−
13 Oktabr 2022
12363Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 13 oktyabr kuni Ostonada Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina mavzusini muhokama qilmadi. Bu haqda Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yo‘q”, deb javob berdi Kreml matbuot kotibi tegishli savolga.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzuga umuman to‘xtalinmagan.
Shuningdek, davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Moskva, Berlin, Vashington, London va Parij vakillari o‘rtasidagi muzokaralarni Anqaraga mezbonlik qilish g‘oyasini muhokama qilmagan.
TRT kanalining qayd etishicha, uchrashuv taxminan 1,5 soat davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 oktyabr kuni Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva Turkiya yetakchisidan Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan muzokaralar formati bo‘yicha takliflarni rasman bayon etishini kutayotganini aytgan edi.
LiveBarchasi