Erdo‘g‘an Prezident bo‘lgandan beri ilk bor Iroqqa boradi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Iroqqa, davlat rahbari sifatida ilk bor, borishi kutilmoqda. Bu haqda Bag‘dodda bo‘lib turgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmet Yildiz ma’lum qildi.

“Ertaga biz Iroq Tashqi ishlar vazirligida hamkasblarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilamiz, yaqin kelajakda bo‘lib o‘tadigan Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga, shuningdek, Prezidentimizning Iroqqa tashrifiga tayyorgarlik ko‘ramiz", degan Yildiz.

Diplomatning aniqlik kiritishicha, Erdo‘g‘an aprel oyi oxirlarida Iroqqa safar qiladi. Unga ko‘ra, bu Erdo‘g‘anning Prezident sifatida Iroqqa qilgan birinchi tashrifi bo‘ladi.

“Rejaga ko‘ra, tashrif aprel oyining oxirigacha bo‘lib o‘tadi. Oxirgi marta Prezidentimiz Iroqqa 2012 yilda, o‘sha paytda bosh vazir bo‘lgan vaqtida tashrif buyurgan edi", degan u.

Tashrif rejasi va muzokara qilinadigan masalalar haqida ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti joriy yilning 14 fevral kuni 12 yil ichida ilk rasmiy tashrif bilan Misrga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing