Erdo‘g‘an ota-onasining qabrini ziyorat qildi
Olam
−
23 may 2020 11735 1 daqiqa
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 23 may kuni Ramazon Hayiti oldidan ota-onasining qabrini ziyorat qildi. Davlat rahbarining qabristonda duo o‘qiyotgani aks etgan surat va videolar turk matbuotida e’lon qilindi.
Erdo‘g‘an tushdan so‘ng Istanbuldagi Qorachaahmat qabristoniga borib, otasi Ahmet Erdo‘g‘an, onasi Tanzila Erdo‘g‘an va 2016 yilning 15 iyul voqealarida halok bo‘lgan Erol Olchokning qabrini ziyorat qilib, Qur’on oyatlarini o‘qigan.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Erdo‘g‘anning onasi 2011 yilning 7 oktyabr kuni, otasi Ahmet Erdo‘g‘an esa 1988 yilda vafot etgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr