Erdo‘g‘an Ostonada Putin bilan nimalarni gaplashganini aytdi
Olam
−
24 Oktabr 2022
7591Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda “kambag‘al” mamlakatlardagi oziq-ovqat inqirozini hal qilish ustida ishlamoqda va ularni nafaqat g‘alla, balki o‘g‘itlar bilan ham ta’minlamoqchi. Bu haqda Turkiya yetakchisi Diyorbakirdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi TRT Haber.
“Janob Putin bilan so‘nggi uchrashuvimiz chog‘ida biz kam rivojlangan yoki rivojlanmagan mamlakatlarga, ayniqsa Afrika mamlakatlariga, albatta, dondan tashqari, nima bera olishimiz mumkinligini aniqlash uchun qadamlar tashladik. Bu nima bo‘lishi mumkin? O‘g‘itlar. Chunki qurg‘oqchilik kuchli bo‘lgan mamlakatlarda o‘g‘it taqchilligini ham bartaraf etish zarur”, deydi Erdo‘g‘an.
U Rossiya Prezidenti bilan navbatdagi uchrashuvda bu masala hal bo‘lishi mumkinligiga umid bildirdi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u va Putin so‘nggi bir oy ichida besh marta muzokara o‘tkazgan.
Rossiya va Turkiya rahbarlarining so‘nggi uchrashuvi joriy yilning 13 oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi, muzokaralar 1,5 soat davom etdi. Erdo‘g‘an Anqara g‘alla yo‘lagi bo‘yicha amaldagi kelishuvni davom ettirish uchun ham, Rossiyadan Turkiya orqali “kambag‘al mamlakatlar”ga oziq-ovqat va o‘g‘it eksporti uchun ham yordam berishga tayyorligini aytdi.
Putin, o‘z navbatida, BMT oziq-ovqat dasturlarining ozgina qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelishidan afsus bildirdi.
LiveBarchasi