Erdo‘g‘an ortidan Putin ham Mask bilan uchrashishi mumkin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tez orada Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari milliarder Ilon Mask bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskov mamlakat rahbari ishbilarmon Mask bilan uchrashishga tayyorligini ta’kidlagan va u bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, u vaqt o‘tishi bilan Rossiya bozori Mask uchun manfaatli bo‘lishiga umid bildirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida amerikalik taniqli ishbilarmon Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Twitter'dagi rasmiy akkauntiga ikki tilda murojaat qilib, uni tobora ommalashib borayotgan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbat qilishga taklif etgan edi.

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 16 dekabr kuni Ilon Mask bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ular o‘rtasidagi muloqotda elektr avtomobil transportini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot istiqbollari, uzoq muddatli investitsiyalar va hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing