Erdo‘g‘an oddiy oilaning iftor dasturxonida mehmon bo‘ldi (video)
Olam
−
05 mart
23374Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 4 mart kuni rafiqasi Emina Erdo‘g‘an hamrohligida Anqarada yashovchi Fidanlar oilasi bilan iftorlik qildi. Bu haqda mamlakatning birinchi xonimi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Anqarada joylashgan Fidan oilasi bilan birgalikda iftorlik dasturxoniga o‘tirgan va iftordan keyin oila bilan suhbatlashgan.
Erdo‘g‘an va rafiqasiga Anqara gubernatori Vasip Shahin va Adolat va taraqqiyot partiyasi Anqara raisi Hoqon Xon O‘zjan hamrohlik qilgan.
“Ramazonning ruhi bir dasturxon atrofida birlashgan yuraklarda yashirindir. Ushbu qadrli oqshom va samimiy mehmondo‘stliklari uchun Fidan oilasiga minnatdorlik bildiramiz. Dasturxonlaridan baraka arimasin”, deb yozgan Emina Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarga tabrik yo‘llagandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
