Erdo‘g‘an ochiqchasiga Putinga qarshi bordi. U Zelenskiy tarafidaligini aytmoqda

Olam

image

Turkiya Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya – qo‘shib olinishinini hech qachon tan olmaydi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Pezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonotida aytib o‘tdi. 

"Turkiya Ukrainaning, jumladan Qrimning hududiy yaxlitligini hamda mamlakatning siyosiy birligini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi", deydi Turkiya rahbari. 

Qayd etilishicha, Turkiya Ukrainani mintaqada barqarorlik, tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlash nuqtai nazaridan asosiy mamlakat deb biladi. 

Prezident Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga tashrifidan so‘ng tomonlar bir qator muhim bitimlarni imzolaganini aytdi. Unga ko‘ra, Turkiya va Ukraina ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish niyatlarini tasdiqladilar. 

Turkiya va Ukraina mudofaa sanoati, sog‘liqni saqlash va turizm kabi ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli yondashuv orqali aloqalarni kuchaytirganligini ta’kidlandi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, Anqara va Kiyev o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan o‘zaro sarmoyalar hisobiga 10 milliard dollarga yetkazmoqchi. 

U COVID-19 pandemiyasiga qaramay, ushbu yozda Turkiyaga 500 mingdan ortiq ukrainalik sayyoh tashrif buyurganini ta’kidladi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich ukrainaliklarning Turkiya rasmiylari tomonidan boshlangan "xavfsiz turizm" kampaniyasiga ishonchini aks ettiradi. 

Davlat rahbari, shuningdek, Turkiya va Ukraina erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni muddatidan oldin yakunlash tarafdori ekanligini ta’kidladi. 

Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Anqara va Kiyev FETO va boshqa terror tashkilotlariga qarshi birgalikda kurashda muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldilar. 

Shuningdek,  Turkiya yangi koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Muzokaralar yakunida Turkiya va Ukraina prezidentlari qo‘shma bayonot berdi.

Hujjat ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlanishini tasdiqlaydi. Davlat rahbarlari 2020 yil 3 fevralda Kiyev shahrida bo‘lib o‘tgan Ukraina va Turkiya o‘rtasidagi Oliy darajadagi strategik kengashning sakkizinchi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiyada ko‘rsatilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. 

Xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga sodiqligini ta’kidlagan Turkiya, xalqaro tan olingan chegaralar doirasida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini shartsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor urg‘ulab va Ukraina tomonidan boshlangan Qrim platformasi doirasidagi hamkorlikni mamnuniyat bilan qabul qildi. 

Ular Qrimni va Sevastopol shahrini ishg‘ol qilmaslik, shuningdek, Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlari ustidan nazoratini tiklashga qaratilgan harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 

Tomonlar, shuningdek, bosib olingan Qrim va Sevastopol shahrida inson huquqlari himoyasini ta’minlash, Ukrainaning barcha noqonuniy hibsga olingan fuqarolarini ozod qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirish niyatlarini bildirdilar. 

Turkiya Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish istiqbollarini qo‘llab-quvvatladi.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim Rossiyaga 2014 yil bahorida, yarimorol aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan referendumdan keyin qo‘shilgan. Qrim hududi Rossiya tomonidan bosib olindi, deb hisoblovchi Kiyev, AQSH va YeI mamlakatlari ushbu referendumni haligacha tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing