Erdo‘g‘an muxolifat qarshi chiqayotgan loyihani baribir qurmoqchi
Olam
−
29 Oktabr 2022
9199Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqin kelajakda Bosforni aylanib o‘tuvchi Istanbul yuk kanalini yotqizish bo‘yicha ishlarni boshlash rejasini ma’lum qildi.
“Yaqin kelajakda Istanbul [Istanbul] bo‘g‘ozini ekologik tahdidlardan himoya qiladigan Istanbul kanali qurilishi bo‘yicha ishlarni boshlaymiz”, deydi Erdo‘g‘an Anqarada “Turkiya asri” loyihasi taqdimotida.
Istanbul kanali loyihasi Erdo‘g‘an tomonidan 2011 yilda u Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan kezlari e’lon qilingan edi. Turkiya hukumati prognozlariga ko‘ra, 45 kilometrlik sun’iy kanalning o‘tkazish qobiliyati kuniga 160 ta kemani tashkil qiladi. Kanalning yillik daromadi 8 milliard dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda, bu asosan kema tranziti uchun to‘lovlar hisobiga bog‘liq. Turkiya rasmiylariga ko‘ra, kanal qurilishi 20 milliard dollarga tushadi.
Mazkur loyiha Istanbul shahrida Qora dengiz va Marmara dengizi o‘rtasida sun’iy suv yo‘li ochilishini nazarda tutadi. Loyihalashtirilgan kanalning uzunligi 45 kilometr, kengligi 150 metr va chuqurligi 25 metrni tashkil etadi. Agar loyiha amalga oshirilsa, kanal bilan birgalik Istanbul bo‘g‘ozi tankerlar harakati uchun butunlay yopiladi.
Loyiha doirasida Istanbulda ikkita yarim orol va bitta orol paydo bo‘ladi.
“Istanbul kanali” atrofida barpo etiladigan yer maydoni esa 453 million kvadrat metrni o‘z ichiga oladi.
Mamlakatdagi muxolif partiyadan Istanbul shahar hokimligi saylangan Ekram Imomo‘g‘li “Istanbul kanali”ni “Bir jinoyat loyihasi” deb nomlagan edi. Bu esa Prezident Erdo‘g‘an va Istanbul hokimi o‘rtasidagi ziddiyatlarga sabab bo‘lgan.