Erdo‘g‘an muhim yig‘ilishda qatnashish uchun AQSHga bordi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib  Erdo‘g‘an kecha, 19 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shahriga keldi. Davlat rahbari u yerda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.  

Jon Kennedi nomidagi aeroportda Prezidentni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Hasan Murat Merjan va boshqa rasmiylar qarshi olgan. 

Ta’kidlanishicha, Turkiya rahbariga safarda Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar, Savdo vaziri Mehmet Mush, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy va Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Binali Yildirim hamrohlik qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an bugun, 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi 35 qavatli Turk uyining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Erdo'g'an

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing