Erdo‘g‘an Mirziyoyevni saroy hovlisida kutib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 15 mart kuni Turkiya poytaxti Anqaraga yetib borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aeroportdan Turkiya Prezidentining “Beshtepa” qarorgohiga yo‘l oldi. Uni qarorgoh hovlisida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘zi qarshi oldi. 

Davlat rahbarlari iliq salom-alik qildi. Mirziyoyev Erdo‘g‘anga “qadrdonim”, deya yuzlandi. 

Shundan so‘ng Prezidentlar muzokaralarni boshladi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Sammit dasturi yakunida davlat rahbarlari Anqara deklaratsiyasini imzolaydilar. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an o'zbekiston yangiliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing