Erdo‘g‘an Mirziyoyevni mustaqillikning 30 yilligi bilan qutladi 

Olam

image

Bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat avvalida Turkiya rahbari davlat rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan samimiy qutladi. Turkiya xalqi nomidan O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi. 

Shuningdek, Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi yuzasidan fikr almashdi. 

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sgani va 240 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini, shu jumladan Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqqan. 

Suhbat davomida Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvol keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan aloqalar va ko‘p tomonlama muloqotni davom ettirish muhim ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Mirziyoev

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing