Erdo‘g‘an Mirziyoyevni qayta saylangani bilan qutladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti davlat rahbarini Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakat aholisi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoni yanada ko‘paytirish, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilinishidan avval Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kela boshladi. Xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing