Erdo‘g‘an ko‘ngil so‘rash uchun Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi
Olam
−
24 fevral 2023 11102 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 24 fevral kuni ukrainalik maqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limining xabar berdi.
Ikki davlat rahbarlari Rossiya armiyasining Ukraina hududiga kirganining bir yilligi fonida Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Turkiyadagi halokatli zilzilalar oqibatlari haqida fikr almashgan.
Erdo‘g‘an Zelenskiyga epimarkazi Qahramonmarashdagi zilzilalar fonida birdamligi uchun minnatdorlik bildirgan.
Turkiya Prezidenti o‘z mamlakati tinchlik o‘rnatish va vaziyatni o‘t ochishni to‘xtatish va muloqot asosida hal etishga qo‘l keladigan hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi.