Erdo‘g‘an kosmosdagi ilk turk fazogiri bilan videomuloqot qildi (video)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kosmosdagi ilk turk kosmonavti Alper Gezeravji bilan videomuloqot qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Gezeravjiga muvaffaqiyatlar tiladi va u koinotda bo‘lganidan faxrlanishini bildirdi.

“Siz bu lavozimga eng yaxshi nomzod bo‘ldingiz. Ishonchim komilki, siz buning uchun qiyin va mashaqqatli sinovlarni yengib o‘tasiz. Ushbu murakkab vazifa orqali xalqimiz, jumladan, kelajak avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lasiz. Siz bizning birinchi kosmonavtimiz bo‘ldingiz, lekin oxirgi bo‘lmaysiz”, degan Erdo‘g‘an.

O‘z o‘rnida, Alper Gezeravji Erdo‘g‘an bilan uchrashib, unga fazodan qaytadigan Turkiya bayrog‘ini topshirishni sabrsizlik bilan kutayotganini aytgan.

Suhbat davomida, “u yerda bo‘lish qanday tuyg‘u bag‘ishlaydi?", deb so‘ragan Turkiya Prezidenti Gezeravjidan.

“O‘zingizni qushdek yengil his qilasiz. Bu juda boshqacha tajriba. Bilimlarimni yurtimizda boshqalar bilan bo‘lishmoqchiman. Men juda yaxshiman. Turk kosmonavtika va ilm-fan missiyasida qatnashganimdan xursandman. O‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni oshirish va mustahkamlash imkoniyatini yaratganingiz uchun sizdan minnatdorman”, deb javob bergan kosmonavt.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 yanvar kuni Amerikadagi SpaceX xususiy kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasida birinchi marta turkiyalik Alper Gezeravji sayyohlar ekipaji bilan Xalqaro kosmik stansiyaga uchgani haqida xabar bergandik. 20 yanvar kuni esa oyni zabt etgan kosmonavtlarning fazodagi mashhur so‘zlari nima bo‘lgani haqida yozgandik.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an kosmos Alper Gezeravji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing