Erdo‘g‘an koronavirusga chalindi
Olam
−
05 fevral 2022
5966Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i koronavirusning “omicron” shtammiga chalindi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun yengil alomatlardan keyin xotinim bilan topshirgan COVID-19 testimiz natijasi ijobiy chiqdi. Bizda yengil o‘tayotgan kasallik “omicron” ekani ma’lum bo‘ldi”, degan Erdo‘g‘an.
Prezident ishini uyda davom ettirayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, 67 yoshli Erdo‘g‘an o‘tgan yilning 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlangandi.