Erdo‘g‘an Qur’on yoqilgani uchun Stokgolmni ogohlantirdi
Olam
−
29 iyun 2023
23592Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyadagi Islomga qarshi provokatsiyani keskin qoraladi. Bu haqda mamlakatning bosh axborot agentligi “Anadolu” xabar berdi.
Bugun, 29 iyun kuni Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi mansabdor shaxslariga murojaat qildi. Davlat rahbarining aytishicha, Anqaraning Stokgolmda yuz bergan voqeaga munosabati nihoyatda qattiq bo‘ladi va bu yo‘nalish G‘arb islomofobiya va terrorizmning ko‘rinishlariga qarshi kurashda qat’iylik ko‘rsata boshlagunga qadar davom etadi.
Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, so‘z erkinligi niqobi ostida islomga qarshi jirkanch harakatlarga ruxsat beruvchi yoki islomofobiya ko‘rinishlarini e’tiborsiz qoldiradigan tuzilmalar o‘z maqsadlariga erisha olmaydi.
“Musulmon e’tiqodlarini haqorat qilish so‘z erkinligiga aloqasi yo‘q. Ertami-kechmi biz G‘arbdagi muayyan doiralarni bu haqiqatni tan olishga majbur qilamiz!”, deydi davlat rahbari.
Erdo‘g‘an Turkiya uni qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan kuchlarga hech qachon taslim bo‘lmasligiga yoki Anqaraga nisbatan tahdidlar tilini ishlatmasligiga ishontirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida yana muqadddas Qur’oni karim tahqirlandi. Namoyishda iroqlik 37 yoshli muhojir Salvan Momika muqaddas kitobni yoqib yubordi.
U arab tilida nutq qilib, musulmonlarning muqaddas kitobidan varaqlarni yirtib, o‘t qo‘ydi. Aksiya sodir bo‘lgan joyda Shvetsiya va xalqaro OAV vakillari, shuningdek, 200 ga yaqin tomoshabin bo‘lgan. Politsiya tashkilotchiga tosh otmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
Namoyishdan oldin Momika TT telekanaliga bergan intervyusida tarjimon yordamida “Qur’onni yoqib yuboramiz, Shvetsiyani uyg‘ot, deymiz. Bu demokratiya, bizga ruxsat yo‘q deyishsa, bu xavfli”, deb baqirgan.
LiveBarchasi