Erdo‘g‘an Qoraqalpog‘iston borasida Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Erdo‘g‘an bugun, 5 iyul kuni Mirziyoyev bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida ma’lum qilgan. 

Yetakchilar shu yili mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qilgan.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Savdo, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etilgan.

Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashilgan. 

Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tilaganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

217

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing