Erdo‘g‘an qasamyod qildi (video)

Olam

image

Bugun, 3 iyun kuni Anqaradagi Turkiya parlamenti binosida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qasamyod qilish va inauguratsiyasining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Inauguratsiya marosimi ishtirokchilari orasida dunyoning 78 davlati vakillari, jumladan, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari bo‘lgan.

Turkiya parlamenti muvaqqat raisi Devlet Baxcheli davlat rahbariga prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan dalolat beruvchi hujjatni topshirgan.

Keyin Erdo‘g‘an Turkiya xalqiga qasamyod matnini o‘qib eshittirgan.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an inauguratsiya marosimidan so‘ng Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gulchambar qo‘yadi. Tantanali tadbirlar dasturi Erdo‘g‘an tabriklarni qabul qiladigan Prezidentlik majmuasida davom etadi.

Shundan so‘ng Turkiya rahbari Chankaya qarorgohiga yo‘l oladi va u yerda oliy martabali mehmonlar sharafiga rasmiy ziyofat beriladi.

Tadbirning oxirgi nuqtasi esa Turkiyaning qayta saylangan Prezidenti mamlakatning yangi hukumati tarkibini e’lon qiladigan brifing bo‘ladi.

Shu yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda qaytadan davlat rahbari etib saylangan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning vakolat muddati 2028 yilgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an inauguratsiya qasamyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing