Erdo‘g‘an Istanbulda, Qilichdoro‘g‘li Anqarada ovoz berdi (video)
Olam
−
28 may 2023 6750 2 daqiqa
Turkiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida kurashayotgan nomzodlar — amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li turli shaharlarda ovoz berdi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.
Aytilishicha, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan Istanbuldagi Uskudar tumanining Kisikli ko‘chasidagi “Saffet Chebi” o‘rta maktabida mahalliy vaqt bilan soat 12:05 larda ovoz bergan. Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol ham rafiqasi Rayyon bilan birga aynan shu maktabda ovoz bergan.
Manbaga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari bugun kechqurun Istanbuldan Anqaraga qaytadi.
Muxolifat yetakchisi Qilichdoro‘g‘li esa poytaxt Anqaraning Chankaya tumanidagi saylov uchastkasiga tushga yaqin yetib borgan. U yerda qo‘riqchilar qo‘shimcha panjaralar o‘rnatgan.
Ma’lumot uchun, shu yilning 14 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi o‘tkazilgandi. Unda Erdo‘g‘an 49,51%, Qilichdoro‘g‘li 44,88% ovoz to‘pladi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodga 50 foizdan ortiq ovoz kerak edi, shuning uchun bugun, 28 may kuni Turkiyada saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da Turkiyadagi saylov uchastkalari ochilgandi. Ular soat 17:00 da yopiladi. Mamlakat bo‘ylab 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025