Erdo‘g‘an Isroilni ogohlantirdi

Olam

image

Agar Isroil falastinliklarning Quddusdagi muqaddas joylariga borishini cheklash yoki taqiqlashga qaror qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 5 mart kuni Anqarada Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Isroillik radikal siyosatchilarning falastinliklarning muqaddas joylarga kirishiga cheklov qo‘yish haqidagi so‘rovlari mutlaqo bema’nilikdir. Bunday harakatlarning oqibatlari, shubhasiz, juda og‘ir bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an.

U Ramazon oyi yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan provokatsiyalarning oldini olishga harakat qilish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, Prezident Isroil “G‘arbning cheksiz ko‘magidan” foydalanib, “G‘azoda ochiq-oydin genotsid” sodir etayotganini yana bir bor ta’kidladi.

“Isroil genotsidning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani buzgani uchun sudlanmoqda. Ammo vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorlarga qaramay, u hali ham u yerdagi ayollar, bolalar va birodarlarimizni o‘ldirishda davom etmoqda”, deydi Turkiya rahbari.

O‘z navbatida, Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Turkiyaga Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Falastinning xalqaro himoyasini ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarur. Falastinning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga doimiy a’zo bo‘lishi va Xavfsizlik Kengashi qarori bilan bunga erishilishi biz istagan narsadir. Biz Turkiyaga Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. Turkiya Falastin xalqi oldidagi tarixiy mas’uliyatini birodarlik asosida ado etib, barcha mas’uliyatini qo‘lidan kelgancha bajarmoqda”, deydi Abbos.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing