404 ayol otasi, eri, qallig‘i, akasi yo ukasi tomonidan o‘ldirildi

Olam

image

Ma’lumki, bugun, 25 noyabr –  Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Turkiya Respublikasi Prezident butun dunyoni ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarga barham berishga chaqirdi. U o‘zining Twitter’dagi sahifasida shunday yozadi: 

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik – insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyatlardan biridir”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va ayollar o‘limi eng ko‘p qayd etiladigan mamlakatlardan biri. Erdo‘g‘an hokimiyat tepasiga kelgan ilk kundan buyon mamlakatda gender tengligini ta’minlash va ayollar huquqlarini himoya qilishga boshchilik qiladi. Biroq, u qadar katta burilish ko‘zga tashlanmadi. Birgina 2018 yilda 440 nafar ayol jinoyatlar qurboni bo‘lgani ham haqiqiy vaziyatdan so‘z ochadi. 

Rajab Toyib Erdo‘g‘an Twitter’dagi mulohazalarini davom ettirarkan, shuni qo‘shimcha qiladi: 

“Biz ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, xo‘rlash, tazyiq va kamsitishga qarshi kurashni davom ettiramiz. Biz bu sharmandalikni o‘lkamizdan butunlay yo‘q qilamiz, deb umid qilaman”. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida turkiyalik grafik dizayner ustasi Vahit Tuna ayollar bilan bog‘liq jinoyatlarga jamiyatning e’tiborini qaratish maqsadida yangi usuldan foydalanib, Istanbulning Kabatash hududidagi san’at maydonchasi sifatida qo‘llanib kelingan qahvaxona devoriga 440 juft ayollar poyabzalini joylashtirib chiqqandi. Devorga ilingan 440ta poshnali tufli 2018 yilda jinoyatlar qurboni bo‘lgan 440 nafar ayol ramziy belgisidir.

"Milliyat" nashrining yozishicha, 2019 yilning 10 yanvaridan to bugungacha Turkiyada 404 nafar ayol otasi, akasi yo ukasi, qallig‘i, turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing