Erdo‘g‘an Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qildi. Uning maqsadi nima?

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an SpaceX rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, ular Turkiyadagi davlat va xususiy kompaniyalar bilan SpaceX'ning turli sohalarda, birinchi navbatda kosmik texnologiyalar sohasida hamkorligini muhokama qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Erdo‘g‘an birinchi turk astronavtini kosmosga jo‘natishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining boshlarida SpaceX'ning Falcon 9 raketasi Turkiyaning fuqarolik va harbiy ehtiyojlari uchun signallarni uzatishga mo‘ljallangan “Turksat 5A” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Mask

Baholaganlar

509

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing