Erdo‘g‘an Guterrishga qo‘ng‘iroq qildi
Olam
−
04 noyabr 2022
4324Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali suhbatda don shartnomasini uzaytirish masalasini hal qilish zarurligi haqida gapirdi. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Turkiya yetakchisi ma’muriyati Twitter’da ma’lum qildi.
“Prezident Erdo‘g‘an endi Istanbul kelishuvini [g‘alla eksporti bo‘yicha] uzaytirish masalasiga e’tiborni qaytadan qaratish zarurligini aytdi. BMT Bosh kotibi Erdo‘g‘anga don yo‘lagini tiklash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi ma’muriyatda.
Turkiya rahbari suhbatda Rossiya va Ukraina bilan yuqori darajadagi diplomatik aloqalari tufayli ro‘y bergan g‘alla yo‘lagi qayta faollashganidan mamnunligini ta’kidlagan.
Don kelishuvi bilan bir qatorda Ukrainadagi mojaro atrofidagi vaziyat ham umumiy muhokama qilingan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining 29 oktyabr kuni ma’lum qilishicha, Kiyev rejimi tomonidan Britaniya mutaxassislari ishtirokida Qora dengiz floti kemalari va don yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan fuqarolik kemalariga qarshi sodir etilgan terrorchilik harakati tufayli, Rossiya tomoni Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishdagi ishtirokini to‘xtatdi.
2 noyabr kuni Rossiya Ukraina BMT va Turkiya vositachiligida Qora dengizdagi xavfsizlik yo‘lagidan harbiy maqsadlarda foydalanmasligini yozma ravishda kafolatlaganidan so‘ng, g‘alla bo‘yicha kelishuvda ishtirok etishni qayta tiklashga qaror qildi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. Shu bilan birga, Moskva agar Kinv ularga berilgan kafolatlarni buzsa, kelishuvdan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirdi.
LiveBarchasi