Erdo‘g‘an Gretsiyani tarixdan saboq olishga chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Gretsiyani ikki tomonlama munosabatlar tarixidan saboq olishga va Anqaraga nisbatan keskinlik siyosatidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 3 sentyabr kuni Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Samsun shahrida o‘tkazilayotgan aviatsiya, kosmonavtika va texnologiyalar festivalida aytib o‘tdi.

“Hoy, yunonlar! Agar to‘xtamasangiz, bu sizga qimmatga tushadi. Gretsiya uchun bizda bitta gap bor: Izmirni unutmang!”, deydi Turkiya Prezidenti.

U 1922 yilda Gretsiyaning so‘nggi tayanchi – Egey dengizi sohilidagi Izmir shahrining qo‘lga kiritilishi va Gretsiya qo‘shinlarining Turkiya hududidan chiqarib yuborilishi bilan yunon-turk urushi yakunlanganini eslatib qo‘ygan.

NATO blokidagi ikki qo‘shni va ittifoqchi Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar 23 avgustdan so‘ng keskinlashdi. Anqaraga ko‘ra, Turkiyaning F-16 samolyotlari Egey dengizi ustidagi havo hududida NATO topshiriqlarini bajarayotgan bir paytda qiruvchi samolyotlar Krit orolida joylashtirilgan S-300 havo hujumidan mudofaa tizimining radariga tushib qolgan. Turkiya rasmiylari Gretsiyaning harakatlarini provokatsion va dushmanona deb beholagan va ularni javobsiz qoldirmaslikka va’da bergan.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Gretsiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Egey dengizi osmonida turk qiruvchilarini 158 marta ta’qib qilgan va Turkiya havo hududini 256 marta buzgan.

Turkiya allaqachon Gretsiyaning o‘z harbiy samolyotlarini ta’qib etishi va umuman Anqaraga nisbatan keskinlik siyosati masalasini NATO darajasida ko‘tarish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing