Erdo‘g‘an Eronga bordi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 19 iyul kuni “Ostona jarayoni” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga yetib keldi. Turkiya rahbari Prezident saroyida alohida qabul marosimi bilan qarshilandi. 

Shundan so‘ng, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va Turkiya rahbari o‘rtasida uchrashuv boshlangan. Davlat rahbarlari suratga tushib bo‘lgach, muzokaralarni yopiq eshiklar ortida o‘tkazgani aytilmoqda. 

Cumhurbaşkanı Erdoğan İran'da resmi törenle karşılandı | TRT Haber Foto  Galeri

Erdo‘g‘anning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Tehronda bo‘lib o‘tadigan Ostona “uchligi” sammiti Suriyani tartibga solish jarayonini qayta ko‘rib chiqishga hissa qo‘shishi mumkin. 

Erdoğan İran'da! Reisi'yle görüşme sona erdi - www.eshahaber.com

"Sammit Ostona jarayonini qayta baholash va yuqoriga ko‘tarishga yordam berishi mumkin. Putin va Raisiy bilan bu masalani va Suriyadagi so‘nggi voqealarni muhokama qilamiz", dedi u.

Bugun, 19 iyul kuni Tehronda Suriya mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish kafolati bo‘lgan davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, sammitda Rossiya, Eron va Turkiya Prezidentlari ishtirok etadi. Tomonlar muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirmoqda.  

Rossiya, Turkiya va Eron 2017 yil yanvar oyida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Suriyadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishning kafillari bo‘lgan va shu sababli “Ostona jarayoni” deb nomlangan. 2019 yilda Ostona nomi Nur-Sultonga o‘zgartirilganiga qaramay, muzokaralar formatining nomi o‘zgarishsiz qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing