Erdo‘g‘an dushmanini sudda yutdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an asosiy raqobatchisi Respublika Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdorog‘luga qarshi ochgan da’vosini yutib chiqdi. Oliy sud uning talabini qanoatlantirdi.

Erdo‘g‘anning advokati Husayn Aydinning ma’lum qilishicha, Qilichdorog‘lu Prezidentga 165 ming lira (11 ming dollar) kompensatsiya to‘lashi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an aprel oyi boshida dushmaniga qarshi da’vo ochgandi va o‘zining huquqlari buzilgani uchun 1 mln lira tovon puli talab qilgandi.

Da’vo arizasiga RXP rahbarining partiyaning parlamentdagi fraksiyasi oldida Erdo‘g‘anni tanqid qilgan nutqi va 31 mart kuni Twitter’dagi tviti sabab bo‘lgan. Unda muxolifatchi Prezidentni ochko‘zlikda ayblagan.

Erdo‘g‘anning advokati Husayn Aydin yozma bayonotida Qilichdarog‘lu joriy yilning 22 martida Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi fraksiyasi yig‘ilishida va ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida Prezidentning shaxsiy huquqlarini buzganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing